

Ushbu tanqid nemis grandi 19 yoshli portugaliyalik yarim himoyachisi Renatu Sanshesh xaridiga bog'liq. Sanshesh myunxenliklar etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti.
"Yosh futbolchilar o'ynashi va rivojlanishi kerak. Yetakchi klublar katta g'alabalarga intilishadi va bu yoshlarning o'sishiga to'sqinlik qiladi. Bunday futbolchilar o'zlari rivojlanishi mumkin bo'lgan klubda o'ynashi va katta bosim ostida bo'lmasliklari lozim. Sanshesh - Portugaliya terma jamoasi safida Yevropa chempioni bo'ldi va "Bavariya"da hech qanday vazifani bajarayotgani yo'q" - deydi Mourinyo.
Sanshesh joriy mavsum oldidan "Bavariya" tomonida 35 mln. evroga xarid qilingan. Futbolchi joriy mavsum Bundesliganing 15 ta uchrashuvida maydonga tushdi.



