Mourinyo Ronalduning "Manchester Yunayted"ga o'tishiga rozilik berdi

Tolibjon Qosimov
19 yanv 2018, 20:59
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduning jamoaga o'tishiga rozilik berdi.

Eslatib o'tamiz, Madrid klubi portugaliyalik bilan xayrlashishga tayyor. Ronalduning o'zi MYUga qaytishni xohlamoqda. "La Sexta"ning ma'lum qilishicha, Mourinyo bunga qarshi chiqmayapti.

MYU Ronaldu uchun 200 million evro to'lashni mo'ljallamoqda. Yana 200 millionni klub shartnoma davomida o'yinchining maoshi va bonuslarga sarflashni mo'ljallamoqda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: La Sexta