

MYU Lukakuni 75 mln. funt evaziga sotib oldi.
"Biz aqlli ish qildik deb o'ylayman. Transfer olamini bir umrga o'zgartirib yuborishi mumkin bo'lgan o'zgarishlar amalga oshishini tushungandik. Neymar transferidan so'ng hammasi o'zgardi. Narxlar salbiy tarafga o'zgardi.
31 avgust kuni Lukakuning narxi 150 mln. funt bo'lardi. Matich esa 60-70 mln. funt. turardi. Agar rekord avvalgidek Pogbaga (105 mln. evro) tegishli bo'lganida, "Liverpul" Koutinoni 101 mln. funtga sotib yuborardi" - deydi Mourinyo.



