Mourinyo MYUdagi sobiq shogirdini "Roma"ga olib kelmoqchi

Оқил Абдубарноев
25 iyul 2022
"Roma" "Manchester Yunayted" himoyachisi Erik Bayiga qiziqish bildirmoqda.

Ivuarlik futbolchining transfer summasi 10 million funt sterlingdan kam bo'lishi mumkin, sababi "qizil iblislar" Bayini sotishga tayyor. Shaxsan "bo'rilar" ustozi Joze Mourinyo Erikni jamoaga olib kelmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Erik Bayi 2016 yildan buyon "Manchester Yunayted" sharafini himoya qiladi. Ushbu davr davomida u 70 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Football Italia