Bayi MYUni tanqid qildi

Sherzod Nurmatov
7 sen 2022
"Manchester Yunayted"ning ivuarlik himoyachisi Erik Bayi Angliya klubi rahbariyatini tanqid ostiga oldi.

"Manchester Yunayted" har bir futbolchiga imkoniyat berishi, angliyaliklarga ustunlik bermasligi kerak. Klub faqat saralangan futbolchilar haqida qayg'urmasligi lozim. Ammo MYUda doimo angliyaliklarga ustunlik beriladi, bu esa jamoani zaiflashtiradi. Yaxshiyamki, ten Hag kuchli xarakterga ega. Umid qilamanki, u buni o'zgartiradi", – dedi Bayi.

Eslatib o'tamiz, 28 yoshli Bayi yozgi transfer oynasi vaqtida ijara asosida "Marsel"ga o'tgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph