Mourinyo MYUda g'alaba qozonish borasida Fergyussondan ham o'tib ketgan

Mirjalol Normatov
7 okt 2018, 10:54
Kecha "Manchester Yunayted" o'z maydonida superkambekni amalga oshirdi.

Unda mankunianliklar 0:2 hisobida mag'lub bo'layotgan joyida 20 daqiqada 3 gol kiritib, g'alabani ilib ketishdi.

Sky Sports xabariga ko'ra, Joze Mourinyo g'alaba qozonish foizlari borasida eng yuqori o'ringa ko'tarilib olgan. U davrida "Yunayted" 60,3 foiz bahsda g'alabaga erishilgan. Ser Aleks davrida esa bu natija 60,1 foizga teng bo'ldi. Uchinchi o'rinni 54,1 foiz bilan Ernest Mengnall egalladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports