Mourinyo MYU menejeri bilan kelisha olmay qoldi

Aslanov Jasurbek
30 iyul 2018, 13:18
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning klub rahbariyati bilan munosabatlari yomonlashdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Mourinyo va MYUning transfer bozoridagi ishlariga javob beradigan menejeri Ed Vudvord o'rtasidagi munosabatlar yomonlashdi.

Mourinyo yozgi transfer oynasida faol emasligidan va bor-yo'g'i 3 nafar futbolchi - Fred, Diogu Dalot va Li Grantni xarid qilganidan norozi.

Vudvord xaridlar uchun boshqa pul sarflamoqchi emas, biroq portugaliyalikning fikricha, tarkib yig'ilmagan, u bir necha oy oldin transfer maqsadlari ro'yxatini taqdim etgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail