Mourinyo: "Matich va Fellayni bunchalik yaxshi o'ynaganini hech qachon ko'rmaganman"

Aslanov Jasurbek
20 sen 2017, 20:45
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo yarim himoyachi Maykl Kerrik nega o'ynamayotgani haqidagi savolga javob berayotib, Nemanya Matich va Maruan Fellaynilarning o'yini haqida to'xtaldi.

"Biz Kerrik bilan shartnomani uzaytirdik, chunki u muhim futbolchi. Shunchaki bugungi kunda Matich va Fellayni yaxshi formada. Ular bunchalik yaxshi o'ynaganini hech qachon ko'rmaganman.

Kerrik jamoada va u Errera kabi sabr qilishi kerak, ularning vaqti keladi. Ular muhim futbolchiligicha qolishadi. Biz faqat 11 futbolchiga suyanib qololmaymiz" - deydi Mourinyo.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com