Mourinyo Manchester Yunaytedni boshqarishni xohlayapti

Aslanov Jasurbek
21 dek 2015, 15:18
“Chelsi” klubining sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyo “Manchester Yunayted”ni boshqarishi mumkin.

Portugaliyalik mutaxassis bilan Manchester shahri vakillari aloqaga chiqishgan. Murabbiyning agenti Jorje Mendesh “qizil iblislar” ijrochi direktori Ed Vudvord bilan munosabatlari yaxshi bo'lgani bois, Mourinyo jamoani boshqarish ehtimoli yuqori. Mourinyoning o'zi “Manchester Yunayted”da ishlashga qiziqmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: bombardir.ru