Mourinyo ketgach Pogba 2 ta o'yinda 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi

27 dek 2018, 09:00
“Yunayted” APL 19-turi doirasida “Haddersfild”ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.

O'yinda “Manchester Yunayted”ning fransiyalik yarim himoyachisi Pol Pogba dublga erishdi.

U o'tgan turda “Kardiff Siti”ga qarshi (5:1) bahsda 2 ta golli uzatma bergandi. Shu tariqa Joze Mourinyo ketgach, Pogba 2 ta o'yinda “gol+pas” tizimida 4 ochko ishladi.

Mourinyo vaqtida esa (joriy mavsum) 12 ta o'yinda “gol+pas” tizimida 4 ochkoli (1 ta gol, 3 ta golli pas) bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta