Mourinyo: "JCH-2018 finalida Fransiya terma jamoasi favorit"

Aslanov Jasurbek
12 iyul 2018, 08:39
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Fransiya hamda Xorvatiya terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2018 finalida qaysi jamoa favorit ekanligini aytdi.

"Hozir fransiyaliklar o'z xonalarida Angliya hamda Xorvatiya o'rtasidagi bahs ekstra taymda tugagani tufayli xursandchilik qilishmoqda. Ular bir kun ko'p dam olishadi, bu adolatsizlik deb o'ylayman. Ikki jamoa bir kunda o'ynashi kerak.

Finalda ikki jamoaning imkoniyatlari teng bo'lishi lozim. Xorvatlar maydonda vaqt o'tkazish bo'yicha bu mundialda hammadan yaxshiroq natija qayd etdi. Hozircha fransiyaliklarda imkoniyat ko'proq, ular favorit" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RT