

"Guardian" xabariga ko'ra, rahbariyat bir necha kun mobaynida "Special One"ning iste'fosi borasida muhokamalar o'tkazgan va bu ishni "Nyukasl"ga qarshi uchrashuvdan keyin amalga oshirmoqchi bo'lishgan.
Ammo ular fikridan qaytgan. Ularga jamoaning ko'rsatgan o'yini maqul kelgan va portugaliyalikka imkoniyat berishga qaror qilishgan. Oldinroq Zinedin Zidan mankunianliklar bosh murabbiyi bo'lishi borasida ma'lumotlar berilgandi.



