Mourinyo: "Ibragimovichga Angliya dam oladigan joy emasligini aytdim"

Aslanov Jasurbek
16 dek 2016, 12:17
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Zlatan Ibragimovich klubga kelgan birinchi kunida Premer-liga dam oladigan joy emasligini aytgan.

"Ibragimovich felini bilaman. U Angliyada nimalar qila olishini tushungandim. Ammo unga Angliya dam oladigan joy emasligini aytdim. Agar ajoyib faoliyatga ega, boy yigit dam olmoqchi bo'lsa, Angliyaga kelmaydi. Bu dunyodagi eng qiyin liga. Siz bu erga o'zingizni ko'rsatish uchun kelasiz. Men Ibragimovich kelganidan baxtliman, chunki uning gollari va yetakchiligi biz uchun juda muhim" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports