Mourinyo himoyachisi uzoq muddatga safdan chiqqanini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
27 noya 2018, 20:57
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo himoyachi Viktor Lindelof uzoq muddatga safdan chiqqanini ma'lum qildi.

"U uzoq muddatga safdan chiqdi. Viktor yana bir tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak. Bizning tajribali tibbiy qo'mitamizning ma'lum qilishicha, uning mushaklarida jiddiy muammolar borligini aytishdi. Uning tiklanishi uchun ko'p vaqt kerak. U "Boxing Day"da bizga juda ham kerak", - dedi Mourinyo.

Bu mavsumda 24 yoshli bek "Manchester Yunayted" tarkibida 15 o'yinda qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports