Mourinyo finaldagi favorit termani aytdi

Mirjalol Normatov
15 iyul 2018
Ayni damda jahon chempionati o'yinlarida ekspertlik qilayotgan "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo JCH finali haqida gapirdi.

"Fransiya - favorit. Biroq ko'pchilik finalda favorit va autsayder jamoalar bo'lmaydi deb aytishadi. Finalda shunchaki o'ynash emas, g'alaba qozonish kerak. Bunda yaxshi kayfiyatda bo'lish lozim. Xorvatlar ham bu bahsga ajoyib kayfiyatda borishadi.

Xorvatiyada fantastik avlod bor: Luka Modrich, Mario Manjukich, Ivan Perishich. G'alaba qozonish uchun ularda barchasi bor. O'yin teng kurashlar ostida o'tadi. Agarda tomonlarning imkoniyatini solishtiradigan bo'lsak, xorvatiyaliklarda imkoniyat kamroq. Biroq ularda jangovor futbolchilar juda ko'p", - dedi Mourinyo.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: euro-football.ru