

Oldinroq "Manchester Yunayted" 13 mart kuni "Chelsi"ga qarshi Angliya Kubogi 1/4 finalida o'ynashi ma'lum bo'lgan edi.
Mankunianlar "Stemford Brij"ga borishdan avval Yevropa ligasida 2 ta o'yin o'tkazadi.
"Yevropa ligasidagi raqibimiz ma'lum bo'lishidan avval Angliya Kubogi chorak final uchrashuvi sanasi e'lon qilinganidan havotirdaman. Hozir kim bilan o'ynashimiz va uy hamda mehmondagi bahslar qachon bo'lishini bilmaymiz. Dushanba kuni "Chelsi"ga qarshi o'yin bo'ladi, keyin Yevropa ligasida Rossiya, Turkiya yoki Gretsiyaga borishimiz mumkin. Ular o'z qiziqishlarini yana klublarnikidan ustun qo'ymoqda" - deydi Mourinyo.



