Mourinyo: "Diego Kosta sog'mi, yo'qmi, bilmayman"

Aslanov Jasurbek
6 avg 2015, 11:10
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning takidlashicha, u hujumchi Diego Kostaning sog'ligidan havotirda.

"Kosta hozircha tayyor emas. Bu biz uchun ham , futbolchining o'zi uchun ham yaxshi emas. To'g'risini aytsam, bundan havotirdaman.

Yigit harakat qilyapti, ammo unda "Barselona" bilan o'yinda muammolar paydo bo'ldi. Suratlar hech qanday shikastlanishni ko'rsatgani yo'q, shu sababli Diego keyingi kun yana mashg'ulotlarga chiqdi, ammo bir kundan so'ng noqulaylik his qildi. Angliya Superkubogidan bir kun oldin uning ahvoli haqida bilmas edik.

Yana tavakkalchilikka qo'l urmoqchi emasman. O'tgan dam olish kunida mendan uni tayyorligini so'ragan edingiz va men ijobiy javob qaytardim. Ammo u tayyor bo'lmagan. Kosta sog'mi, yo'qmi, bilmayman" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com