Mourinyo: "Diego Kosta "Manchester Yunayted"ga qarshi o'ynashi mumkin"

Aziz Tukhtamuradov
24 okt 2014, 21:04
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Diego Kostaning MYUga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkinligi aytib o'tdi.
"Uning maydonga tushish uchun imkoniyati bor. Mikel va Ramires masalasida ham shu gapni aytishim mumkin. O'ynamasligi aniq bo'lgan birgina futbolchi, bu - Remi. Kostada ketma-ket muammolar paydo bo'lmoqda. Uning jarohati bor edi. So'ngra, oshqozonidagi virus sababli kasalxonaga tushib qoldi. Bu "Maribor"ga qarshi o'yin oldidan sodir bo'ldi", - deydi Mourinyo.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru