Mourinyo: "Dangasaman"

Aslanov Jasurbek
5 yanv 2018, 17:12
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo nega Manchestyerdan uy olmasligini tushuntirib berdi.

Oldinroq mankunianlar muxlislari bu borada havotirga tushishgan edi.

"Ishqibozlarni tushunmayman. Agar ular mening qulayligim uchun havotir olishsa, hammasi joyida deyishim mumkin. Dangasaman, shu sababli mehmonxonada yaxshashni xush ko'raman. Ikki xonali uyda yashashimdan havotir olishlarini istamayman. Qulaylik bor bo'lgan mehmonxonada istiqomat qilaman. Hamma narsa mavjud.

Agar ular uyda yashashimni istashsa, buni bajarishim mumkin. Biroq baxtsiz bo'laman. Baxtsiz odam esa yomon ishlaydi" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com