Mourinyo Chexga yangi jamoa qidirishi mumkinligini aytdi

Aziz Tukhtamuradov
15 avg 2014, 21:06
"Chelsi" Petr Chexni sotib, Tibo Kurtuani jamoaning asosiy darvozaboni qilmoqchi.
Londonliklar chexiyalik posbonni 12 million evroga baxolamoqdalar.

"Atletiko"dan ijaradan qaytgan Tibo Kurtua dushanba kungi APL o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushadi.

Avvalroq, Chex Kurtua bilan raqobatdan qo'rqmasligini ma'lum qilgandi.

Klub bosh murabbiyi esa posbonga agar boshqa jamoadan taklif bo'lsa o'tishi mumkinligini aytib o'tdi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru