

Qayd etilishicha, portugaliyalik murabbiy Millatlar ligasi 3-turidan o'rin olgan Chernogoriya-Serbiya (0:2) uchrashuvini stadiondan kuzatib bordi. Joze stadionga serbiyalik himoyachi Nikola Milenkovichning o'yinini kuzatish uchun borgan. MYU serbiyalik futbolchini qishdayoq sotib olishi mumkin.
Ma'lumot uchun, 21 yoshli Nikola “Fiorentina” safida to'p suradi. U joriy mavsum A Seriyaning 8 ta o'yinida qatnashib, 2 ta gol urishga erishdi.



