Mourinyo Chelsi bilan 7-sovrinni yutdi

Narzulla Saydullayev
2 mar 2015, 09:00
Angliya liga kubogi finalida Chelsi Tottenxemni mag'lub etdi (2:0).
Shu tariqa, ko'klar bosh murabbiyi Joze Mourinyo Chelsiga qaytganidan so'ng dastlabki sovrinni qo'lga kiritdi.

Portugaliyalik murabbiy Chelsi bilan jami 7ta musobaqada g'olib chiqdi: ikki bor Angliya chempioni (2004/05, 2005/06), uch bor Angliya liga kubogi (2005, 2007, 2015), Angliya kubogi (2007) va Angliya Superkubogi (2005).

Mourinyo uchta Angliya kubogini qo'lga kiritgan dastlabki britaniyalik bo'lmagan murabbiyga aylandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru