

Mashhur italiyalik jurnalist Janluka Di Marcioning ma'lumotiga ko'ra, Mourinyoning asosiy maqsadi Avstriya terma jamoasi hujumchisi Marko Arnautovichni kuzatish bo'lgan. Oldinroq Manchester Yunayted unga qiziqib qolgani haqida xabarlar chiqqandi. Arnautovichdan tashqari portugaliyalik murabbiy Aleksandr Golovin va Fyodor Smolovni ham kuzatgan.




