Morgan Lester bilan shartnomani uzaytirdi

Narzulla Saydullayev
20 iyul 2016
Lester klubi sardori Ues Morgan bilan kelishuvnia uzaytirganini ma'lum qildi.

Endi 32 yoshli himoyachining APL chempioni bilan shartnomasi 2019 yilgacha amal qiladi.

O'tgan mavsumda Morgan chempionatning barcha 38ta o'yinida to'liq o'ynadi.

Morgan Lesterda 2012 yildan buyon faoliyat olib bormoqda. Hozirgacha u klub safida 196ta o'yin o'tkazdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lcfc.com