

Bu haqda Estadio Deportivo nashri ma'lumot berdi. Futbolchining mersisaydliklar bilan tuzgan shartnomasi iyunda o'z niyahoyasiga etadi. Moreno faoliyatini qaeda davom ettirishi aniq emas. Ammo, unga A Seriyaning yuqori o'rinda borayotgan klublari taklif bilan chiqishgan.
Shuningdek, Turkiya va Rossiya jamoalaridan ajoyib taklif yuborilgan. 26 yoshli futbolchining o'zi esa "Sevilya"ga qaytishni xohlamoqda. U andalusiyaliklar tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Biroq, "Sevilya" rahbarlari Moreno bilan aloqaga chiqishmagan.



