Morata “Roma”ga o'tish uchun oyligini tushirishga ham tayyor

Alisher
16 iyul 2023, 09:58
“Atletiko” hujumchisi Alvaro Morata “Roma”ga o'tish uchun oyligini tushirishga ham tayyor.

Hujumchi madridliklar safida yiliga 6 million evro oladi. “Roma” esa faqatgina 4,5 million evro berishga tayyorligini ma'lum qilgan.

Shuningdek, agar “Atletiko” futbolchini 10-12 million evroga sotsa, rimliklar uni sotib olishlari mumkin. Biroq transfer summasi 25 million evroga baholansa, unda Italiya jamoasi bu transfyerdan voz kechadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com