Morata "Atletiko" libosida qaysi raqamda o'ynashi ma'lum bo'ldi

29 yanv 2019, 00:30
"Atletiko"ning yangi a'zosi Alvaro Morata hujumchilarga xos raqamni tanladi.

26 yoshli forvard madridliklar klubida 22-raqamli futbolkada maydonga tushadi. "Atletiko" do'konlarida Morataning futbolkasini 60 evroga xarid qilish mumkin.

Avvalroq, madridliklar futbolchini 18 oyga ijaraga olgani va buning uchun 7,5 million evro sarflagani e'lon qilingandi. Shuningdek, shartnomada futbolchini 40-45 million evro evaziga sotib olish huquqi ham mavjud.

Morata "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblansa-da, "Atletiko" sistemasida 4 yil bo'lgan.

2017 yil iyul oyida "Chelsi" Morata uchun 70 million funt sarflagandi. Ispaniyalik APLning 47 uchrashuvida (16ta gol va 6ta golli) qatnashdi, lekin o'zining bor salohiyatini ko'rsata olmadi.  

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/Atleti