Morata APLga qaytishi mumkin

Mirjalol Normatov
20 fev 2022
"Yuventus"da ijara asosida o'ynayotgan "Atletiko" hujumchisi Alvaro Morata APLga qaytishi mumkin.

"Tuttomercatoweb" xabariga ko'ra, "Yuventus" futbolchini sotib olmoqchi emas. Shu sababli "Arsenal" futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Agarda jamoa kelasi mavsum YCHLda o'ynaydigan bo'lsa, Moratani tarkibiga qo'shib olishga harakat qiladi.

Oldinroq berilgan ma'lumotlarga qaraganda Morata yozda "Barselona"ga o'tishni istamoqda. Ushbu mavsumda u "Yuve" tarkibida 33 o'yinda qatnashib, 8 gol va 6 assist qayd etdi.

Bunga qadar u 2017-2020 yillar davomida "Chelsi" tarkibida o'ynab, 47 o'yinda 16 gol urishga erishgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttomercatoweb