“Monca” navbatdagi transferga qo'l urdi

Eldor Akmurzayev
5 iyul 2022, 08:30
Bu haqda insayder Janluka Di Marcio xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Atalanta” xavbeki Matteo Pessina ijara asosida “Monca”ga o'tdi. Kelishuv mavsum oxiriga qadar mo'ljallangan. Bitim bandlariga ko'ra, “Monca” 15 mln evro evaziga futbolchini sotib olish huquqiga ham ega.

Pessina Italiya TJ bilan oxirgi Evroda g'oliblikni qo'lga kiritdi. U yakunlangan mavsum bergamoliklar safida 37 bahsda qatnashib, 2+1 natijaga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/DiMarzio