"Monca" "Milan" himoyachisini ijaraga olmoqchi

Sherzod Nurmatov
9 yanv 2024, 13:43
"Byankorossi" Davide Bartezagi bo'yicha so'rov yubordi.

"Monca" "Milan"dan yosh himoyachi Davide Bartezagini ijaraga olmoqchi, deya xabar berdi Fabricio Romano.

Xabar qilinishicha, "Monca" 18 yoshli futbolchini joriy mavsum oxirigacha ijaraga olish niyatida. Joriy mavsumda o'smir "Milan" safida 7 ta o'yin o'tkazdi.

Shuningdek, "Milan" Ispaniyaning "Real" jamoasidan sotib olish huquqi bilan ijaraga olingan Aleks Ximenesning o'yinlaridan mamnunligi aytilmoqda. U yozda to'liq sotib olinishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano