"Monca" "Inter" futbolchisini 20 mln evroga xarid qilishi mumkin

Alisher
9 iyun 2022, 11:01
"Monca" "Inter" hujumchisi Andrea Pinamontiga qiziqmoqda.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, klub 23 yoshli italiyalik uchun 18-20 million evro taklif qilishga tayyor.

Pinamonti 2021/22 yilgi mavsum "Empoli" tarkibida ijara asosida harakat qildi va jamoa tarkibida 37ta o'yinda 13ta gol va 2ta assist qayd etdi.

"Monca" o'tgan mavsum so'nggiga ko'ra o'z tarixida ilk bor A Seriyaga chiqdi. Silvio Berluskoni klub xo'jayini hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira