“Monako” “Tottenxem” himoyachisiga ko'z tikdi

1 iyun 2019, 09:35
Serj Ore Fransiyaga qaytishi mumkin.

“Tottenxem” zaxirasida qolib ketayotgan Serj Orega “Monako” qiziqib qoldi. Orening London klubi bilan shartnomasi 2022/23 yilgi mavsum so'ngida yakuniga etadi. Futbolchi asosiy tarkib uchun kurashda Kiran Tripperga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Shu boisdan ham Serj jamoani tark etishga qarshi bo'lmaydi.

APLning ortda qolgan mavsumida himoyachi 8 ta o'yinda qatnashib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


O'xshash yangiliklar


Manba: Football24