"Monako" so'nggi 5 o'yinning 4tasida mag'lub bo'ldi

Mirjalol Normatov
2 fev 2020, 11:37
"Monako" Fransiya chempionatining 22-turida "Nim" maydonida 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

Jamoa barcha turnirlarda so'nggi 5 o'yinning 4tasida mag'lubiyatga uchradi.

Qayd etish kerak, "Monako" 22 o'yinda 29 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 13-o'rinni egallab turibdi.

Dekabr oyining oxirlarida Ispaniya termasining sobiq bosh murabbiyi Roberto Moreno "Monako"da Leonardu Jardimning o'rnini egallagandi. Jardim qo'l ostida jamoa so'nggi 20 o'yinning 7tasida mag'lub bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia