

Ma'lumotlarga ko'ra, portugaliyalik mutaxassisga Qatar futbol federatsiyasi qiziqish bildirmoqda. Qatar futboli rahbariyati mutaxassisni milliy jamoa bosh murabbiyligiga taklif qilmoqchi. Qatarliklar JCH-2022ga mezbonlik qilishadi.
11 oktyabr kuni "Monako"ni tark etgan mutaxassis o'z kelajagi borasida qabul qilgani yo'q. Oldinroq, mutaxassis "Spartak"ni boshqarishi mumkinligi e'lon qilingan edi.
Jardim 2014 yilda monegasklar bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangandi. "Monako" uning qo'l ostida Fransiya chempioniga aylandi.



