"Monako", "Roma" va "Marsel" braziliyalik futbolchi uchun kurashmoqda

Alisher
11 iyul 2019, 13:20
"Inter" himoyachisi Miranda shu yozda jamoadan ketishi mumkin.

34 yoshli braziliyalik futbolchining milanliklar bilan tuzgan shartnomasi yana 1 yilga amal qiladi.

Unga "Monako", "Roma" va "Marsel" klublari qiziqmoqda.

Miranda yakunlangan mavsum barcha musobaqalarda 20ta o'yinda maydonga tushib, 3ta sariq kartochka olgan.

Himoyachi 2011-2015 yillarda "Atletiko"da o'ynaganidan so'ng "Inter"ga o'tgan edi.

Futbolchi 2009 yildan buyon Braziliya terma jamoasida o'ynab keladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sportitalia