"Monako" - PSJ uchrashuvi qoldirilishi mumkin

Mirjalol Normatov
1 dek 2019
Fransiya chempionati 15-turi doirasidagi "Monako" - PSJ uchrashuvi ob-havo sababli qoldirilishi mumkin.

Bugun tunda Fransiyaning sharqiy qismida qattiq bo'ron bo'lishi kutilmoqda. Shu boisdan u yerda xavflilikning qizil darajasi e'lon qilingan.

Monako amaldorlari, klub rasmiy shaxslari ayni damda o'yinning vaqtini o'zgartirish borasida muhokamalar olib borishmoqda.

Uchrashuv bugun tunda soat 01:00da start oladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: France Football