"Monako" Mamadu Sako transferi borasida muzokaralar o'tkazmoqda

Aslanov Jasurbek
2 yanv 2019
"Monako" yanvardagi transfer oynasida "Kristal Pelas" himoyachisi Mamadu Sakoni xarid qilmoqchi.

Klub rahbariyati Gari Keyxill ("Chelsi"), Pepe ("Beshiktosh") va Diego Karloslarni ("Nant") xarid qila olmaganidan so'ng 28 yoshli fransiyalikka e'tibor qaratdi.

"Monako" vice prezidenti Vadim Vasilev Sako uchun katta mablag' taklif qilishga tayyor.

Monegasklar bosh murabbiyi Terri Anri transferga rozilik berdi va bu xarid tezroq amalga oshishini istamoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Get French Football News