"Monako" "Liverpul" yarim himoyachisi Minamino uchun asosiy da'vogar

Sherzod Nurmatov
12 iyun 2022, 01:30
"Liverpul" yozgi transfer oynasida yarim himoyachi Takumi Minaminoni sotmoqchi.

The Times xabariga ko'ra, 27 yoshli yaponiyalik futbolchiga asosiy da'vogar "Monako" hisoblanadi.

Minamino o'tgan mavsumda "Liverpul" safida 24 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachining Angliya klubi bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

"Liverpul" yaponiyalik futbolchini 2020 yilning yanvarida "Zalcburg"dan 12,5 million evro evaziga sotib olgandi. Endilikda "qizillar" 27 yoshli futbolchini 20 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Times