"Monako" "Chelsi"ga Tchuamenining narxini ma'lum qildi

Alisher
6 okt 2021
"Monako" yarim himoyachisi Orelen Tchuameni ko'plab Yevropa klublarining bosh transfer maqsadlaridan biriga aylandi.

Ammo, ma'lumotlarga ko'ra, raqobatchilar orasida Londonning "Chelsi" klubi oldinda bormoqda.

"Monako" angliyaliklardan 40 million evro atrofida so'radi. Chempionlar Ligasining amaldagi g'olibi 21 yoshli o'yinchi uchun shuncha mablag' berishga tayyor.

Futbolchi uchun shuningdek "Yuventus" va "Real" kabi boshqa ehtimoliy xaridorlar qo'shilishi istisno etilmayapti.


AlisherMuallif
Manba: The Sun