"Monako" bugun bosh murabbiyni iste'foga chiqarishi mumkin

Aslanov Jasurbek
11 okt 2018, 11:30
"Monako" yaqin vaqt ichida jamoa murabbiylar shtabidagi o'zgarish haqida e'lon qilishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, klub 2014 yildan beri monegaskla ustozi sifatida ishlab kelayotgan Leonardo Jardim iste'fosini e'lon qiladi.

Oldinroq, "Monako" bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod Terri Anri va Klaudio Raneri ekanligi ma'lum qilingan edi.

Fransiya chempionatidagi to'qqiz turdan so'ng jamoa turnir jadvalida 18-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Get French Football News