“Monako” “Bavariya” darvozabonini 2 yilga ijaraga oldi (Kicker)

Eldor Akmurzayev
27 iyun 2021
Myunxenliklar kiperi Aleksandr Nyubel faoliyatini Liga 1da davom ettiradi.

Futbolchi keyingi ikki mavsumni ijara asosida “Monako”da o'tkazadi.

Kicker manbasiga ko'ra, 24 yoshli futbolchi francuz klubi safida tibbiy ko'rikdan o'tishga ulgurdi.

Nyubel o'tgan yoz “Shalke”dan “Bavariya” safiga o'tib, Bundesligada atigi bitta o'yinda qatnashdi va 2 ta gol o'tkazib yubordi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Kicker