Monako Balde Keytaning transferini e'lon qildi FOTO

Narzulla Saydullayev
30 avg 2017, 07:41
Lacio yarim himoyachisi Balde Keyta Monakoga o'tdi.

22 yoshli senegallik futbolchi yangi klubi bilan besh yillik shartnoma tuzdi. Keyta Fransiya klubida 14-raqam ostida o'ynaydi. Monako Lacioga futbolchi uchun 30 million evro va bonuslar to'lashi ma'lum qilingandi.

Keyta Rimda 2013 yildan buyon o'ynab kelayotgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: asmonaco.com