

Jamoaning g'alabasiz o'yinlar seriyasi ketma-ket 9 ta o'yinga etdi. Shu bilan birga bu klubning ketma-ket qabul qilib olgan 3-mag'lubiyati bo'ldi. “Monako” yangi mavsum boshidan beri faqat 1 ta o'yinda g'alaba qozondi, xolos. U ham bo'lsa Fransiya chempionatining birinchi turida “Nant”ga qarshi o'yinda. Shundan beri klub g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda.



