

Bu haqda Le Parisien xabar berdi. 18 yoshli fransiyalik hujumchining “Monako” bilan shartnomasi 2019 yilda yakunlanadi. Monegaskliklar shartnomani uzaytirish payiga tushib qolishgan.
Joriy mavsumda Mbappe Fransiya chempionatida 19ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol kiritishga va shuncha golli uzatmaga mualliflik qilishga muvaffaq bo'lgan.

Avvalroq, bu hujumchiga “Barselona”, “Real”, “Manchester Siti”, “Arsenal” Dortmundning “Borussiya” klublari ham qiziqish bildirgan edi.



