Moyes: "Raqib bizni maydon markazida mag'lub etdi"

Narzulla Saydullayev
23 sen 2013, 08:56
"Manchester Yunayted" ustozi Devid Moyes Manchester derbisidagi yirik mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Biz yomon o'ynadik, raqib yaxshiroq o'ynadi. Ular o'yinni kuchliroq va tezkorroq boshlashdi. Hali mavsum uzoq davom etadi, o'yinimizni yaxshilaymiz. Shu sababli bugungi natijani esdan chiqarib kelajakka boqamiz.

Bugun "Siti" maydon markazida bizni mag'lub etdi va katta tashabbusga ega bo'ldi. Shogirdlarim taslim bo'lmay o'yin so'nggida bitta gol urishgani uchun rahmat". 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru