Modrich Xorvatiyaning yangi sardori

Narzulla Saydullayev
30 avg 2016, 11:48
Real yarim himoyachisi Luka Modrich Xorvatiya terma jamoasi yangi sardoriga aylandi.

Vedran Chorluka va Ivan Rakitich vice-sardor etib tayinlandi. Eslatib o'tamiz, jamoaning oldingi sardori Dario Srna Evro-2016dan so'ng xalqaro faoliyatini yakunlagandi.

5 sentyabrda Xorvatiya terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasida Turkiyaga qarshi o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: hns-cff.hr