Modrich faoliyatini kutilmagan chempionatda davom ettirishi mumkin

Khoja
29 may 2025
“Real Madrid“ yarim himoyachi Luka Modrich faoliyatini na MLSda, na Saudiyada davom ettiradi.

U Yevropada qolishga qaror qildi. Mundo Deportivo xabarlariga ko'ra, xorvat faoliyatini Shotlandiya chempionati vakili “Reyndjers“da davom ettiradi. Karlo Anchelottiga yordamchi bo'lib kelgan David Anchelotti esa jamoa bosh murabbiyiga aylanadi.

Ma'lumot uchun, Modrich klublar o'rtasidagi JCHdan so'ng “Real“ni tark etadi.

“Reyndjers“ o'tgan mavsum Shotlandiya chempionatida 2-o'rinni qo'lga kiritdi. U “Seltik“dan 17 ochko kam to'pladi.


KhojaMuallif
Manba: Mundo Deportivo