MLS. 36-tur yakuni yoxud peshqadamning ochko yo'qotishi

Narzulla Saydullayev
14 sen 2019, 16:08
Amerikada navbatdagi tur o'yinlari o'tkazildi va unda bir qator kutilgan hamda kutilmagan natijalar qayd etildi.

Peshqadamning qoqilishi
Ayni paytda, turnir jadvalini boshqarib borayotgan "Nyu-York Siti"ni "Toronto" durangga imzo chekishga majbur qila oldi. O'yinda, hisobni birinchi bo'lib mezbonlar ochishdi. Bu vaziyatda Aleksandru Mitrice aniq harakat qildi. Lekin birinchi bo'lim ohirida Alexandro Posuelo muvozanatni tikladi. Tengma-teng kurashlar ostida o'tgan bahsda "Toronto" yetakchidan ochko tortib oldi.



Xyustonda "sensaciya"

Quyi pog'onalarda sarson bo'lib yurgan "Xyuston Dinamo" jamoasi kutilmagan tarzda sovrinli o'rinlar uchun kurashayotgan "Minnesota"ni mag'lubiyatga uchratdi. Ularga o'z muhlislari qarshisida to'p surishgani katta foyda keltirdi. O'yin taqdirini dastlabki bo'limda Mauro Manotas va Kristian Ramirez tomonidan kiritilgan gollar hal qildi. "Minnesota" omadsizlikdan keyin "San-Xose"ni o'ziga yaqinlashtirib oldi.



Ibra jamoasi yana mag'lub bo'ldi

Kolorado shahrining aynan shu nomdagi klubi avvalgi turda alamli tarzda yutqazgan "La Gelaksi" ustidan g'alaba qozondi. Barcha gollar uchrashuvning so'nggi daqiqalarida urildi. Oldiniga Koul Bassett jamoasini oldinga olib chiqdi. Mehmonlar bunga Jankarlo Gonsales Kastroning goli bilan darhol javob qaytarishdi. Lekin bu hali hammasi emas edi. 85-daqiqada Nikolas Meskida raqib jamoa darvozasini ishhol qilib, yakuniy nuqtani qo'ydi.



Murosasiz o'yinda mezbonlar g'olib

Joriy mavsum chempionlik yo'lida "Los-Anjeles"ga jiddiy raqobat taqdim etayotgan jamoalardan biri "Real Solt-Leyk" yaqin taqibchisi "San-Xose"ni qabul qildi. Qiziqarli kurashlarga boy bo'lgan uchrashuvda mezbonlarning qo'li baland keldi va ular 2-o'ringacha ko'tarilib olishdi.


Xondamir Hakimov tayyorladi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia