"Mixed zone". Muhammad-Safo Fozilov: "Yoqimli. Hammasi tushga o'xshaydi"

Iskandarov Abdulaziz
30 iyun 2022, 13:15
"Bunyodkor" Superliganing 13-turida "Paxtakor"ni safarda engdi (3:2).

Uchrashuvni "qaldirg'ochlar"ning 19 yoshli yarim himoyachisi Muhammad-Safo Fozilov ham asosiy tarkibda boshladi. O'yindan keyin uning fikrlari bilan qiziqdik: 

"Men uchun unutilmas o'yin bo'ldi. O'tgan turda "Bunyodkor" libosi bilan debyut qilgandim. Bugun Toshkent derbisida o'ynadim. Juda ham yoqimli".



- Mavsumni o'rinbosarlar safida boshlagan edingiz. Birdan asosiy jamoaga qo'shilish qiyin bo'lmadimi?

- Yo'q, futbolchilar ham, murabbiylar ham yaxshi kutib oldi. Bu yerda muhitga moslashish ancha oson bo'ldi. Jamoa juda ahil.

- 1 oy oldin asosiy tarkibda tushib, "Paxtakor"ni yutish haqida o'ylar olarmidingiz?

- Aslo. Men o'rinbosarlar safida edim. Viktor Karpenko o'rtoqlik o'yinlarida meni kuzatib, o'z jamoasiga chaqirib oldi. Lekin asosiy tarkibdan joy berishini sira kutamagandim. Hammasi tushga o'xshayapti.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia