Misrlik futbolchilar Rossiya bilan o'yindan so'ng jurnalistlar bilan suhbatlashmasdan stadionni tark etdi

20 iyun 2018, 09:05
Misr terma jamoasi futbolchilari JCH-2018 guruh bosqichida Rossiyadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (1:3) jurnalistlar bilan muloqot qilmadi.

Afrikalik futbolchilar kiyim almashtirish xonasidan chiqib, jurnalistlar bilan muloqot qilmay, mikst-zonadan jim o'tib ketgan.

Misr birinchi turda Urugvayga mag'lub bo'lgan edi (0:1). So'nggi turda Saloh boshchiligidagi Misr Osiyo vakili Saudiya Arabistoni termasi bilan bellashadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sports.ru